Ingliz tili oʻqituvchilari uchun AI platforma

Darslar yarating, oʻquvchilaringiz bilan ulashing va natijalarni kuzating

Darsni bir marta tayyorlang — qogʻozda chop eting, oʻquvchilarning telefoniga yuboring yoki doskada koʻrsating. Sunʼiy intellekt darsni tuzadi va javoblarni oʻzi tekshiradi.

Ingliz tili uchunCEFR A1–C1Onlayn yoki qogʻozdaBepul boshlanadi

Bitta dars bir vaqtda chop etilgan ish varagʻida, oʻquvchi telefonida va sinf doskasida.

Har qanday sinfda ishlaydi

Internet boʻlmasa — qogʻozda chop eting. Oʻquvchilar telefonda boʻlsa — Telegram orqali yuboring. Qaysi yoʻlni tanlamang, tekshiruvni AI oʻz zimmasiga oladi.

Qogʻozda chop eting

Har bir darsni A4 ish varaqasi sifatida chop eting — oʻquvchilar ruchka bilan ishlaydi. Internet ham, telefon ham kerak emas.

Yoki Telegram orqali

Onlayn oʻtkazmoqchimisiz? Darsni bitta havola bilan Telegramda yuboring. Oʻquvchilar allaqachon Telegramda — yangi ilova oʻrnatish shart emas.

AI oʻzi tekshiradi

Onlayn topshirilgan test, insho va talaffuz avtomatik baholanadi. Qogʻozdagi ishni esa telefonda rasmga oling — AI test va boʻshliq toʻldirish javoblarini tekshiradi.

Uch qadamda tayyor

Murakkab sozlash yoʻq. Birinchi darsni bugun ishga tushiring.

1

Yarating

Mavzuni tanlang — AI bir-ikki daqiqada interaktiv dars tuzadi. Xohlagan joyini oʻzingiz tahrirlaysiz.

2

Ulashing

Havolani Telegram yoki sinf orqali yuboring, yoki darsni qogʻozda chop eting.

3

Natijani koʻring

Har bir oʻquvchining bali, javoblari va talaffuzi avtomatik jamlanadi.

Ingliz tili taʼlimi uchun

Yakka repetitordan universitet til kafedrasigacha.

Oʻqituvchi va repetitorlar

Darslarni tez tayyorlang, test, insho va talaffuzni avtomatik tekshiring. Bepul boshlang.

Bepul boshlash
  • Grammatika, lugʻat va IELTS darslarini bir necha daqiqada tayyorlang
  • Uy vazifasi va nutqni AI avtomatik tekshiradi
  • Bepul boshlang — karta talab qilinmaydi
Namuna darslar

Grammatikadan IELTSgacha

Mavzuni yozing — AI darsni tuzadi, siz esa oʻzingizga moslab tahrirlaysiz. Quyida Bilimlink bilan tayyorlanadigan darslarga misollar.

IELTS Speaking
Ingliz tiliIELTS

IELTS Speaking: Part 2 Cue Cards

Oʻquvchilar 2-qism kartochkalari boʻyicha ravon gapirish, fikrni tuzish va vaqtni boshqarishni mashq qilishadi.

Grammar
Ingliz tiliB1

Present Perfect in Real Conversations

Present Perfect zamonini quruq qoidalar emas, jonli dialoglar va vaziyatli mashqlar orqali mustahkamlash.

Vocabulary
Ingliz tiliA2–B1

Everyday Phrasal Verbs

Kundalik muloqotda eng koʻp ishlatiladigan phrasal verbʼlarni misollar, boʻshliq toʻldirish va oʻyinlar bilan oʻrganish.

Speaking
Ingliz tiliA2

Birthdays & Celebrations

Tugʻilgan kun va bayramlar haqida gapirish: taklif qilish, tabriklash va oʻz anʼanalarimiz haqida soʻzlab berish.

Listening
Ingliz tiliA2

Travel: Asking for Directions

Shaharda yoʻl soʻrash va tushuntirish: dialogni tinglash, boʻshliq toʻldirish va rolli oʻyin.

Business English
Ingliz tiliB2

Business English: Emails & Meetings

Rasmiy xat yozish va uchrashuvda fikr bildirish uchun tayyor iboralar va yozma mashqlar.

20+

Interaktiv dars elementi turlari

3

Interfeys tili: oʻzbek, rus va ingliz

0

Oʻquvchiga ilova ham, parol ham kerak emas

24/7

Javoblar avtomatik tekshiriladi

20+ xil dars elementlari

Test, boʻshliq toʻldirish, insho, talaffuz va gapirish topshiriqlari, taymer va boshqa elementlardan darsni bloklar kabi yigʻing.

AI dars yaratish

Mavzu va darajani tanlang — AI bir-ikki daqiqada tayyor interaktiv dars tuzadi.

AI IMKONIYATLARI
AMALIY VAZIFALAR
MEDIA VA VOSITALAR
TASHQI SERVISLAR
OʻQITUVCHI UCHUN
Materialdan darsga

Bor materialingizni interaktiv darsga aylantiring

Darslik sahifasi, worksheet yoki PDF — faylni yoki uning rasmini yuklang, AI bir-ikki daqiqada undan interaktiv dars tuzadi. Noldan boshlash shart emas. Xohlasangiz, javoblari bilan chop eting.

Darslik sahifasi suratga olinadi, asosiy soʻzlar ajratiladi va u interaktiv darsga aylanadi. Quyidagi savolga javob berib koʻrishingiz mumkin.

A2My DayRasmdan
Question 1 of 3
He to school by bus.
Score: 1/1Oʻzingiz bosib koʻring →
7-A sinf · Ingliz tiliOʻrtacha: 95%
Alisher Tursunov
Daily Routine · A2
96%Avtomatik
Dilnoza Hakimova
Daily Routine · A2
92%Avtomatik
Madina Umarova
Daily Routine · A2
98%Avtomatik
Natijalar

Tahlillar va avtomatik tekshirish

Oʻquvchilar darsni oʻz qurilmalarida bajarishadi, javoblar esa avtomatik tekshiriladi. Har bir oʻquvchining bali, javoblari va nutq tahlili dars hisobotida jamlanadi.

Tezkor tekshiruv

Mashqlar avtomatik tekshirilib, ballar darhol hisobotga tushadi.

Talaffuz tahlili

Oʻquvchi qaysi soʻzlarni notoʻgʻri aytgani yoki tushirib qoldirganini koʻrasiz.

Sinf natijalari

Qaysi topshiriq kimga qiyin boʻlganini dars hisoboti koʻrsatadi.

school.bilimlink.uz
Tez orada

Sizning brendingiz

Logotip, ranglar va domen markazingiz uslubida.

Tez orada · muassasalar uchun

Oʻz brendingiz ostida

Oʻquv markazlari va maktablar uchun white-label rejimini tayyorlayapmiz: logotipingiz, ranglaringiz va oʻz domeningiz — oʻquvchilar va ota-onalar sizning markazingizni koʻradi. Birinchilardan boʻlib ulanish uchun bizga yozing.

Farqni koʻring

Ilgari va BilimLink bilan

Oʻqituvchining bir haftasi qanday oʻzgaradi.

Hozir
2–3 soat
bitta darsga tayyorgarlik
  • Har bir dars uchun 2–3 soat tayyorgarlik
  • Uy vazifasini qoʻlda, kechqurun tekshirish
  • Zerikarli, bir xil qogʻoz varaqlar
  • Faqat qogʻozda yoki faqat onlayn — ikkisi birga emas
  • Kim qayerda qiynalayotgani nomaʼlum
  • Bor materialni har safar noldan qayta yasash
BilimLink bilan
5 daqiqa
bitta darsga tayyorgarlik
  • Dars 5 daqiqada tayyor — rasm yoki PDF materialdan ham
  • AI test, insho va talaffuzni oʻzi baholaydi
  • 20+ interaktiv element: testlar, oʻyinlar, dialoglar, slaydlar
  • Interaktiv onlayn — yoki javoblari bilan chop eting
  • Har bir oʻquvchi boʻyicha aniq hisobot
  • Havola yoki Telegram orqali bir zumda ulashish

Nega Bilimlinkni tanlaysiz

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun eng muhim narsalar.

Uy vazifasini tekshirishga ketadigan vaqtingizni tejang — AI test, insho va talaffuzni oʻzi baholaydi.

Vaqtni tejang

Bir dars — uch xil: qogʻozda chop eting, onlayn ulashing yoki doskada oʻyin sifatida oʻynang.

Moslashuvchan

Oʻquvchilarga ilova yoki hisob shart emas — havola yoki Telegram orqali bir zumda qoʻshiladi.

Hech qanday toʻsiqsiz

Shaffof narxlar

Oddiy va shaffof tariflar

Bepul boshlang, kerak boʻlganda Pro-ga oʻting. Yashirin toʻlovlar yoʻq.

Boshlangʻich

Birinchi darslaringizni sinab koʻrish uchun

0 soʻm/ oy
Oyiga 3 ta AI dars
Oyiga 40 ta AI rasm
Oyiga 300 ta nutq va 300 ta yozma ish tekshiruvi
PDF ish varaqasi va javoblar varaqasi
Doska rejimi va Telegram orqali ulashish
Eng ommabop

Pro

Har kuni dars oʻtadigan faol oʻqituvchilar uchun

50 000 soʻm/ oy
Oyiga 100 ta AI dars
Oyiga 200 ta AI rasm
Oyiga 1000 ta nutq va 2000 ta yozma ish tekshiruvi
Bepul tarifdagi barcha imkoniyatlar
Telegram orqali tezkor yordam

Maktab va markazlar

Maktablar, oʻquv markazlari va universitet kafedralari uchun

Kelishiladi
Bir nechta oʻqituvchi uchun Pro — chegirma bilan
Oʻqituvchilaringiz uchun onlayn trening
Telegram orqali shaxsiy yordam
White-label (oʻz brendingiz) — tez orada
Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar

Mavzu va darajani tanlaysiz — AI bir-ikki daqiqada interaktiv dars tuzadi: matn, test, boʻshliq toʻldirish, talaffuz va gapirish topshiriqlari. Darsni tahrirlab, havola yoki Telegram orqali yuborasiz, qogʻozda chop etasiz yoki doskada koʻrsatasiz. Onlayn javoblar avtomatik tekshiriladi.

Yoʻq. Oʻquvchi havolani ochadi, ismini yozadi va darsni boshlaydi — yoki Telegram bot orqali sinfingizga qoʻshiladi. Ilova oʻrnatish ham, parol ham shart emas.

Kundalik mavzularda AI personajlarni zamonaviy oʻzbek oʻquvchi va oʻqituvchilar sifatida chizadi, xalqaro mavzularda esa chet ellik personajlarni. Rasm yoqmasa, uni qayta yarating yoki oʻzingizning rasmingizni yuklang.

AI oʻquvchining ovozini matnga oʻgiradi, uni berilgan gap bilan solishtiradi va notoʻgʻri aytilgan yoki tushib qolgan soʻzlarni koʻrsatadi. Bu mashq uchun tezkor yordamchi, rasmiy imtihon bahosi emas. Tinch joyda aniq gapirilganda natija eng ishonchli boʻladi.

Ha. Har bir darsni A4 formatdagi PDF ish varaqasi sifatida chop etasiz — alohida javoblar varaqasi bilan. Bu bepul tarifda ham bor. Toʻldirilgan varaqni telefonda rasmga olsangiz, AI test va boʻshliq toʻldirish javoblarini tekshiradi. Word (.docx) formati hozircha yoʻq.

Hozircha karta orqali oʻtkazma bilan. Bizga Telegramda yozing — toʻlov tushgach, hisobingizda Pro tarif yoqiladi.

Dars oʻtish uslubingizni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz?

Bilimlink bilan darslarni tezroq tayyorlang va oʻquvchilaringiz uchun qiziqarliroq qiling. Bugunoq bepul roʻyxatdan oʻting!